» » NATO bosh kotibi: Rossiyaning yangi raketasi Yevropadagi xavfsizlikka tahdid soladi

NATO bosh kotibi: Rossiyaning yangi raketasi Yevropadagi xavfsizlikka tahdid soladi


NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiyani O‘rta va yaqin uzoqlikdagi raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha shartnomaga amal qilishga va Yevropada yangi raketalarni joylashtirmaslikka chaqirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya so‘nggi yillarda SSC-8 nomi bilan mashhur bo‘lgan o‘rta uzoqlikdagi raketani, yaratdi, tayyorladi, sinab ko‘rdi. Mazkur raketa harakatchan bo‘lib, uni yashirish oson. U yadroviy kallakni eltish qobiliyatiga ega. Bu ogohlantirish vaqtini daqiqalarga kamaytiradi. Raketa Yevropa davlatlari poytaxtlarigacha yetib bora oladi.

Uning aytishicha, Rossiya O‘rta va yaqin uzoqlikdagi raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha shartnomaga tahdid solmoqda. Uning eslatishicha, AQSh shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmoqda, Yevropada AQSh raketalari yo‘q, biroq Rossiyaniki mavjud.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2018, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют