» » “Vaqf” fondi 145 nafar talabaning to‘lov-shartnoma pullarini to‘lab berdi

“Vaqf” fondi 145 nafar talabaning to‘lov-shartnoma pullarini to‘lab berdi


“Vaqf” fondi tomonidan 145 nafar talabaning to‘lov-shartnoma pullari to‘lab berildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasida tashkil etilgan tadbirda ma’lumot berildi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi fuqarolarning diniy, ma’naviy va intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslarini rag‘batlantirish, diniy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va o‘quvchi-talabalarini moddiy hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator ishlarni amalga oshirib kelayotgani ta’kidlandi.

Jumladan, “Ilm yo‘lida ko‘mak beramiz” aksiyasi doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi bilim yurtlarida tahsil olayotgan 39 nafar talabaning to‘lov-shartnoma pullari to‘lab berildi.

Bundan tashqari, fond hisobidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan shakllantirilgan ro‘yxat asosida oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan boquvchisi yo‘q, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning 145 nafariga qariyb 1 milliard 244 million so‘m miqdorida to‘lov-shartnoma pullari ajratildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2018, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют