» » Rasman: Mudofaa vazirligi qo‘shinlari yuqori jangovar shayligini tekshirishning kompleks tadbirlari yakunlandi

Rasman: Mudofaa vazirligi qo‘shinlari yuqori jangovar shayligini tekshirishning kompleks tadbirlari yakunlandi


Oldin xabar berilganidek, O‘zbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondonining farmoyishiga binoan 26-noyabr erta tongda Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar shayligini tekshirish uchun boshlangan keng ko‘lamli o‘quv mashg‘ulotlari besh kun davomida o‘tkazildi. Tekshiruv davomida qo‘shinlar respublikadagi sakkizta dala o‘quv maydonlarida amaliy mashqlar bajardi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bugun, 30-noyabr kuni vazirlik qo‘shinlari yuqori jangovar shayligini tekshirishning kompleks tadbirlari yakunlangan.

“Og‘ir yuk mashinalari va jangovar texnikalardan iborat kolonnalarning harbiy qism hududlariga avtomobil yo‘llari orqali qaytarilishi munosabati bilan, shuningdek, ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi fuqarolardan harakatlanuvchi kolonnalarga xalaqit bermaslikni, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish va yo‘l-patrul xizmati xodimlarining talablarini so‘zsiz bajarishni so‘raydi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2018, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют