» » Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimi etib tasdiqlandi

Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimi etib tasdiqlandi


30-noyabr kuni xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning tavsiyasiga binoan Xorazm viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimi etib tasdiqlandi.

Farhod Ermanov 1958-yilda tug‘ilgan. Ilgari Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, Beruniy tumani hokimi lavozimlarida ishlagan. Keyingi yetti oyda u Xorazm viloyati hokimi vazifalarini bajarishda sinovdan o‘tgan. Xalq deputatlari kengashining partiyalar guruhlari bilan o‘tkazilgan maslahatlashuvlarda ham Farhod Ermanov nomzodi qo‘llab-quvvatlangan.

Avvalroq Xorazm viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, viloyat prokurori, ichki ishlar va soliq boshqarmalari boshliqlari vazifalariga ham yangi rahbarlar tayinlangan edi.

Prezident viloyat rahbarlari Xorazm xalqi bilan bir tanu bir jon bo‘lib, bugun belgilab berilgan vazifalarni to‘la bajarishi, iqtisodiyotni rivojlantirish va odamlar hayotini yaxshilash bo‘yicha kutilgan natijalarga erishishi zarurligini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2018, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют