» » Jahon banki O‘zbekistonning yaqin uch yillik iqtisodiy islohotlarini ma’qulladi

Jahon banki O‘zbekistonning yaqin uch yillik iqtisodiy islohotlarini ma’qulladi


O‘zbekiston hukumati islohotlarning keyingi bosqichi doirasida pirovard maqsadlarini ma’lum qildi. Bu haqda “Daryo”ga xabar berdi.

2019—2021-yillar uchun taqdim etilgan Yo‘l xaritasi keyingi uch yillik uchun iqtisodiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.

Yo‘l xaritasining asosiy maqsadi O‘zbekistonning raqobatbardosh barqaror bozor iqtisodiyotiga o‘tishini ta’minlashdan iborat. Jahon banki ushbu ijobiy dinamikani ma’qullaydi. Bank hukumatga milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishiga ko‘maklashish hamda O‘zbekiston fuqarolarining hayot darajasini ko‘tarish maqsadida hamkorlikni davom ettiradi.

Hukumat tomonidan taqdim etilgan Yo‘l xaritasi makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash, raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga o‘tishni tezlashtirish, aholi ijtimoiy himoyasini oshirish kabi istiqbolli maqsadlarni o‘z ichiga oladi.

Ikki yil ichida O‘zbekiston iqtisodiyotni isloh qilishda sezilarli natijalarga erishdi. Hukumat tomonidan ushbu islohotlarning oqibatlaridan ijtimoiy og‘ir ahvoldagi aholini himoya qilishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Jahon banki guruhi O‘zbekistonda islohotlar boshlanganidan buyon moliyaviy ko‘mak beradi.

Jahon bankining O‘zbekistondagi investitsiya portfeli Yevropa va Markaziy Osiyo hududlaridagi eng yirigi sanaladi. Ayni damda O‘zbekistonda umumiy qiymati 3,3 milliard AQSh dollar bo‘lgan 18 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Ular mamlakatni iqtisodiy islohotlarni, qishloq xo‘jaligini, tibbiyotni, ta’limni, energetika, transport, raqamli va hududiy rivojlanishga yo‘naltirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2018, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют