» » Yaponiyada Nissan-Renault sobiq rahbarining hibs muddati yana o‘n kunga uzaytirildi

Yaponiyada Nissan-Renault sobiq rahbarining hibs muddati yana o‘n kunga uzaytirildi


Tokioda sud moliyaviy firibgarliklarda ayblangach, ishdan haydalgan Nissan-Renault alyansi sobiq rahbari Karlos Gonning hibs muddatini yana o‘n kunga uzaytirdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Ta’kidlanishicha, unga nisbatan rasmiy ayblovlarni e’lon qilish uchun Tokio prokurorlarida 10-dekabrgacha vaqt bor. Aks holda uni tergov izolyatoridan chiqarib yuborishadi.

Eslatib o‘tamiz, Tokio prokuraturasidan da’vo qilishlaricha, besh yil mobaynida Gon Nissan’dan mukofot puli sifatida qariyb 10 milliard iyena olgan ammo soliq deklaratsiyasida summani ikki marta kamaytirib ko‘rsatgan. Karlos Gon o‘z yordamchisiga to‘lovlar haqidagi ma’lumotlarni qalbakilashtirish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyruqlar bergan. Ayni paytda korrupsiya mojarosining har ikkala ishtirokchisi ham hibsda saqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2018, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют