» » O‘zbekistonda 2018-yil boshidan buyon jinoyatchilik 21 355 taga kamaydi

O‘zbekistonda 2018-yil boshidan buyon jinoyatchilik 21 355 taga kamaydi


O‘zbekistonda 2018-yilning 10 oyi davomida sodir etilgan jinoyatlar 2017-yilga qaraganda 35,7 foizga kamaydi. Bu haqda O‘zbekiston IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bosh boshqarmasi rahbari Qutbiddin Burxonovga tayanib, Turon24 xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistonda 2017-yilda 59 800 ta jinoyat qayd etilgan bo‘lsa, 2018-yilga kelib bu ko‘rsatkich 21 355 taga kamaygan. Ular orasida o‘g‘rilik jinoyati 2017-yilda 10 085 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yilda 6 270 ta shunday holat aniqlangan.

Shuningdek, mahalla institutlari, “Yoshlar ittifoqi”, xotin-qizlar qo‘mitasi, jamoat tashkilotlari, diniy idoralar bilan birgalikda mahalla hamda xonadonlarda olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 9015 ta mahallaning 2789 tasida hech qanday jinoyat sodir etilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2018, 21:00)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют