» » Sergey Lushchanning Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi omadsizligi davom etdi, ya’ni, “Bunyodkor” yana mag‘lub bo‘ldi

Sergey Lushchanning Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi omadsizligi davom etdi, ya’ni, “Bunyodkor” yana mag‘lub bo‘ldi


Osiyo Chempionlar ligasining 2017-yilgi mavsumini Saudiya Arabistonida “Al-Ahli”dan mag‘lub bo‘lish bilan boshlagan Toshkentning “Bunyodkor” klubi 2-turda ham shu yurishini davom ettirdi. O‘z maydonida turnirning amaldagi finalchisi hisoblangan “Al-Ayn”ni qabul qilgan Sergey Lushchan shogirdlari 2:3 hisobida yengildi.

Hisob qit’aning yulduz futbolchisi Umar Abdulrahmon tomonidan ochilgan bo‘lsa, keyinroq “Bunyodkor”ning yangi a’zosi Vadim Chemirtan muvozanatni tikladi. Besh daqiqadan keyin Kayo Murod Zuxurov darvozasiga ikkinchi bor yo‘l topdi. Taym yakuniga to‘rt daqiqa qolganida esa Doston Hamdamov hisobning ikkinchi bor tenglashishi uchun sababchi bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda muxlislar yana 1 ta gol ko‘rdi. 88-daqiqada uchrashuvni boshqarib borgan bahraynlik hakam Jarret Jillett mezbonlar darvozasi tomon penalti belgiladi va uni Umar Abdulrahmon aniq amalga oshirib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi. Shuningdek, 71-daqiqada “Bunyodkor” himoyachisi Akrom Komilov qizil kartochka olib, maydonni tark etdi hamda “Zob Ahon”ga qarshi navbatdagi turda maydonga tushish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi. Qayd etish kerak, “Al-Ayn” ilk turda fors klubini o‘z uyida qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynagandi.

Ma’lumot uchun, “Al-Ayn” Chempionlar ligasining o‘tgan mavsumida “Lokomotiv” bilan to‘qnash kelib, o‘shanda ham Toshkentdan g‘alaba bilan qaytgan va “temiryo‘lchilar”ni chorak finalda qoldirib ketgandi. O‘sha uchrashuvda yagona golga “Bunyodkor”ga ham gol urgan Kayo mualliflik qilgandi.

“Bunyodkor” Sergey Lushchan boshqaruvida ketma-ket ikki yil guruhdan chiqa olmagandi. Chempionlar ligasining so‘nggi to‘rt o‘yinida raqib darvozasiga gol ham ura olmagandi. “Al-Ayn” bilan o‘yinda esa 400 daqiqadan ortiqroq davom etgan golsiz seriyaga yakun yasaldi. Biroq bu gollar “Bunyodkor”ni so‘nggi o‘rindan tepaga ko‘tarib qo‘ymadi.

Osiyo Chempionlar ligasi
“C” guruhi. 2-tur
28-fevral, seshanba

Gollar: Umar Abdulrahmon, 7 (0:1). Vadim Chemirtan, 9 (1:1). Kayo, 14 (1:2). Doston Hamdamov, 41 (2:2). Umar Abdulrahmon, 89-pen (2:3).

Chetlatish: Akrom Komilov, 71 (B).

“Bunyodkor”: Murod Zuxurov — Dilshodbek Ahmadaliyev, Rustam Ashurmatov, Dushan Michich, Akrom Komilov, Javlon Ibrohimov, Alisher Sanoyev (Otabek Shukurov, 55), Eldor Shomurodov, Nurillo To‘xtasinov (Xurshid G‘iyosov, 74), Doston Hamdamov, Vadim Chemirtan.

Опубликовано: admin (28-02-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют