» » Odil Ahmedov va “Shanxay SIPG” g‘alabali yurishini davom ettirib, Avstraliya klubi darvozasiga 5 ta gol urdi

Odil Ahmedov va “Shanxay SIPG” g‘alabali yurishini davom ettirib, Avstraliya klubi darvozasiga 5 ta gol urdi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘p surayotgan Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi uchinchi rasmiy o‘yinidagi uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turida Avstraliyaning “Vestrn Sindey” klubini qabul qilgan shanxaylik futbolchilar 5:1 hisobida zafar quchdi.

Bellashuv taqdiri dastlabki yarim soatlikdayoq hal bo‘lib ulgurdi. Odil Ahmedov doimgidek o‘yinni boshlang‘ich tarkibda o‘tkazgan bo‘lsa, birin-ketin braziliyalik legionerlar — Xalk, Oskar va Elkesen gol urib, yashil qit’a klubini qiyin ahvolda qoldirdi.

Qayd etish kerak, “Shanxay SIPG” ilk turni “Seul” maydonida o‘tkazib, Xalkning yagona goli evaziga zafar quchgandi. Pley-offda esa Tailand klubini 3:0 hisobida taslim qilgandi.

Guruhda “Urava Red” klubi ham 6 ochko to‘plagan bo‘lib, to‘plar nisbatiga ko‘ra peshqadamlik qilmoqda. Yaponiyaliklar ilk turda Avstraliyadan 4:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan bo‘lsa, 2-turda “Seul”ni 5:2 hisobida yengishga muvaffaq bo‘ldi.

Osiyo Chempionlar ligasi
“G” guruhi. 2-tur
28-fevral, seshanba

Gollar: Xalk, 3 (1:0). Oskar, 17 (2:0). Nikolas, 20 (2:1). Ke Shi, 25 (3:1). Elkeson, 27 (4:1). Vu Li, 75 (5:1).

Опубликовано: admin (28-02-2017, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют