» » 52 o‘zbekistonlikning o‘limiga sabab bo‘lgan Qozog‘iston avtobusining egasi Toshkentda qo‘lga olindi

52 o‘zbekistonlikning o‘limiga sabab bo‘lgan Qozog‘iston avtobusining egasi Toshkentda qo‘lga olindi


Toshkentda 2018-yil yanvarida “Samara—Chimkent” yo‘lida yonib ketgan va 52 o‘zbekistonlikning o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobus egasi hisoblangan Qozog‘iston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

IIBBning qayd etishicha, 46 yoshli O.M. huquqni muhofaza qiluvchi organlar chaqiruviga javob bermay, tergovdan qochib yurgan. U Qozog‘istonda Jinoyat kodeksining 348-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni (“transport vositalarini sifatsiz ta’mirlash yoki ularni texnik nosoz holda foydalanishga chiqarish”) sodir etganlikda ayblanmoqda.

Xabar berishlaricha, davlatlararo qidiruvda bo‘lgan O.M. 20-noyabr kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida o‘tkazilgan qo‘shma tezkor-qidiruv tadbirlari vaqtida qo‘lga olingan. Uni ekstraditsiya qilish haqidagi masala hal etilguniga qadar 22-noyabrdan boshlab O‘zbekiston IIVning Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi muassasasiga joylashtirilgan.

“Qo‘lga olingan shaxsni Qozog‘iston huquqni muhofaza qilish organlariga topshirish jarayoni ikki davlat o‘rtasidagi xalqaro huquqiy kelishuvlarga muvofiq amalga oshiriladi”, — deyiladi IIBB axborotida.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil yanvar oyida Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida o‘zbekistonliklarni olib ketayotgan avtobus yonib ketgan edi. Hodisa oqibatida 52 o‘zbekistonlik halok bo‘lgan, ikki o‘zbekistonlik yo‘lovchi va uch qozog‘istonlik haydovchi omon qolgan.

Noyabr oyida ushbu ish bo‘yicha besh gumonlanuvchi (xususan, yongan avtobusning uch haydovchisi)ga nisbatan sud hukmlari e’lon qilindi. Uch haydovchining har biri besh yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. O‘z navbatida ularga halok bo‘lgan 52 o‘zbekistonlikning har birining oila a’zolariga 2 million tengedan tovon puli to‘lash majburiyati yuklatilgan.

O‘shanda avtobusning haqiqiy egasi xalqaro qidiruvda ekani aytilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-12-2018, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют