» » Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov hukumat majlisiga velosipedda keldi (foto)

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov hukumat majlisiga velosipedda keldi (foto)


Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov shanba kuni o‘tkazilgan hukumat majlisiga velosipedda keldi. Bu haqda hukumatning “Neytralniy Turkmenistan” gazetasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.

Ma’lum bo‘lishicha, Gurbanguli Berdimuhamedov “Og‘uzxon” saroyidan Vazirlar mahkamasiga erta tongda velosipedda yo‘l olgan. “Og‘uzxon” saroyidan Vazirlar mahkamasigacha bo‘lgan masofa bir necha yuz metrni tashkil qiladi.

Turkmanistonda velosipedga bo‘lgan e’tibor katta. Ma’lumot uchun Turkmaniston tashabbusi bilan BMTning bosh assambleyasi tomonidan 3-iyun Butunjahon Velosiped kuni deb e’lon qilingan edi. Hozirda Turkmaniston prezidenti topshirig‘iga ko‘ra, Butunjahon velosiped kuniga bag‘ishlab mamklakat poytaxtida yodgorlik o‘rnatish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-12-2018, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют