» » Bo‘stonliqda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Bo‘stonliqda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi


Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi xonadonlarning birida 30-noyabr kuni yong‘in chiqqan. IIV axborotiga ko‘ra, yong‘in xonadonda istiqomat qilgan fuqaro V.R.ning mast holda sigareta chekib, uxlab qolishi va sigareta cho‘g‘i ko‘rpaga tushishi oqibatida kelib chiqqan.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida uyining 20 kvadrat metr maydonida uy jihozlari yonib zarar ko‘rgan.

“Yong‘inni o‘chirish vaqtida V.R.ning tutundan zaharlangan holdagi jasadi topilgan”, — deyiladi IIV axboroitda.

Qayd etishlaricha, ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-12-2018, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют