» » O‘quvchi yoshlar uchun Qurolli Kuchlar akademiyasi bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi

O‘quvchi yoshlar uchun Qurolli Kuchlar akademiyasi bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi


O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji hamda Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari uchun ekskursiya uyushtirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-noyabr kuni Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibda o‘tkazilgan yig‘ilishida yoshlarda harbiy-vatanparvarlik ruhini shakllantirish masalasiga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlagandi.

Ushbu topshiriqlar ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan ekskursiya davomida o‘quvchi yoshlar akademiya faoliyati, kursantlarning yashashi va bilim olishi uchun yaratib berilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Qurolli Kuchlar akademiyasi tarixiga bag‘ishlab ishlangan film hamda akademiya muzeyi yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Bundan tashqari shu kabi tadbirlar Toshkent viloyatidagi harbiy qismlardan birida ham o‘tkazildi. Toshkent viloyati Qibray tumani Chingeldi maishiy xizmat hamda Qibray qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji o‘quvchilari qatnashgan tadbirda o‘quvchi yoshlar harbiy qismda bo‘ldi. O‘quv xonalari, oshxona, sport majmuasi va yotoqxonalardagi sharoitlar bilan tanishdi. Harbiy qism elektron tirida esa nishonlarga o‘q otish bo‘yicha ma’lumot va ko‘nikmalar berildi. U yerda jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarida zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, qurollar hamda himoya vositalari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Shuningdek, kun davomida Toshkentdagi 248- hamda 18-sonli umumta’lim maktablarida “Askar maktab mehmoni” mavzusida ochiq darslar uyushtirildi.

Dasr jarayonida harbiy xizmatchilar o‘quvchilarga harbiy kasb nufuzi va mas’uliyati haqida, shuningdek, harbiy xizmatchilarga davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imtiyozlar xususida ma’lumotlar berildi. O‘quvchilarga avtomatni qismlarga ajratish va yig‘ish hamda ommaviy qirg‘in qurollaridan foydalanish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib o‘tildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-12-2018, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют