» » O‘zbekistonda “Yil ayoli—2018” milliy tanloviga start berildi

O‘zbekistonda “Yil ayoli—2018” milliy tanloviga start berildi


1-dekabr kuni O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining “Yil ayoli—2018” milliy tanlovining birinchi bosqichi start oldi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Tanlov har yili ibratli ayollarni aniqlash, ularning faoliyati bilan keng jamoatchilikni yaqindan tanishtirish, ilg‘or xayot va ish tajribasini ommalashtirish, ayellarning o‘z kasbiga bo‘lgan fidoyiligi va ijodkorlik qobiliyatini rag‘batlantirish, oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo‘lish bilan birga, jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etiladi.

Tanlovning dastlabki bosqichi 10-dekabrga qadar respublika hududlari bo‘ylab o‘tkaziladi. Hududiy bosqichlar g‘oliblari ishtirokchilarning faoliyati yuzasidan taqdim etilgan hujjatlar asosida o‘rganiladi va har bir tuman/shahardan bir nafardan nomzod saralab olinadi. G‘oliblarning hujjatlari “Yil ayoli” milliy tanlovining Respublika bosqichiga tavsiya etiladi.

20-dekabrga qadar tanlovning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Tanlovda “Gran-pri”, 1-, 2-, 3-o‘rin va 10 ta nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi hamda tanlab olingan nomzodlarning hujjatlari Respublika tashkiliy qumitasiga tavsiya etiladi. Xotin-qizlar qo‘mitasining “Yil ayoli” mukofoti bilan taqdirlanadigan nomzodlar to‘g‘risida hududlardan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining “Yil ayoli” mukofoti sohibalarini e’lon qilish va tantanali taqdirlash marosimi Yangi yil bayrami arafasida Toshkent shahrida o‘tkaziladi. G‘oliblar tantanali ravishda O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasining diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-12-2018, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют