» » Denovdagi janjal bir kishining o‘limi bilan tugadi

Denovdagi janjal bir kishining o‘limi bilan tugadi


Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashovchi A.Yo. 29-noyabr kuni “Yangixazarbog‘” mahallasida shu mahallada yashovchi Sh.E. bilan janjallashgan.

IIV axborotiga ko‘ra, A.Yo.janjal vaqtida Sh.E.ning yuzi va boshiga qo‘li bilan urgan vaqtida, Sh.E. yerga yiqilib, boshidan jarohat olgan.

“Natijada Sh.E. kasalxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan”, — deyiladi IIV axborotida.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.Yo. qo‘lga olingan. Xabar berishlaricha, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-12-2018, 22:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют