WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Tramp katta Jorj Bushning vafoti munosabati bilan 5-dekabrni milliy motam kuni deb e’lon qildi
Tramp katta Jorj Bushning vafoti munosabati bilan 5-dekabrni milliy motam kuni deb e’lon qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning 41-prezidenti katta Jorj Bushning vafoti munosabati bilan 5-dekabrni Milliy motam kuni deb e’lon qildi.
Sobiq prezidentning dafn marosimi munosib darajada hurmat-ehtirom bilan o‘tkaziladi. Tramp rafiqasi bilan birga Vashingtondagi cherkovda bo‘lib o‘tadigan marosimda qatnashadi.
Katta Jorj Bush 30-noyabr kuni vafot etdi. U 1989—1993-yillarda AQSh prezidenti, bundan avval esa sakkiz yil (1981—1989) mamlakat vitse-prezidenti lavozimida ishlagan. 1992-yilgi saylovda demokrat Bill Klintonga yutqazgan.
Katta Jorj Bushning vafoti munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Trampga hamdardlik bildirdi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?