» » Oq uy Tramp va Putinning “norasmiy muloqoti” to‘g‘risida ma’lumot berdi

Oq uy Tramp va Putinning “norasmiy muloqoti” to‘g‘risida ma’lumot berdi


G20 sammitida Rossiya va AQSh prezidenti Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida “norasmiy muloqot” bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.

“Ko‘p tomonlama tadbirlarda odatda bo‘lgani kabi Tramp va AQSh birinchi xonimi dunyo rahbarlari, xususan Putin bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi”, — deya ma’lumot berdi Oq uy.

Ushbu xabar Rossiya prezidentining matbuot kotibi tomonidan Putin va Tramp o‘rtasidagi “qisqa muloqot” bo‘lib o‘tdi, degan xabardan so‘ng chiqdi. Muloqot tafsilotlari ochiqlanmadi. Putinning yordamchisi Yuriy Ushakovning ma’lum qilishicha, Amerika tomonining tashabbusi bilan AQSh ma’muriyati Kreml bilan aloqaga chiqib milliy xavfsizlik masalasi bo‘yicha “aloqalarni davom ettirish”ni taklif qilgan.

1-dekabr kuni sammitda ikki prezident o‘rtasida muzokaralar o‘tishi kerak edi, ammo Tramp uni bekor qildi. Ushbu qarorni u Kerch bo‘g‘ozida bo‘lib o‘tgan mojarodan keyin Rossiya Ukrainaga dengizchi va kemalarni qaytarmaganligi bilan tushuntirdi.

30-noyabr kuni G20 mamlakatlari rahbarlarining suratga tushish marosimida Putin va Tramp salomlashmadi. Huddi shu kuni Kreml ular so‘rashgani, ammo muloqot qilish imkoni bo‘lmagani haqida xabar berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-12-2018, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют