» » 2018-yilda ota-onalik baxtiga muyassar bo‘lgan mashhurlar nomi e’lon qilindi

2018-yilda ota-onalik baxtiga muyassar bo‘lgan mashhurlar nomi e’lon qilindi


2018-yilda juda ko‘p o‘zbek shou-biznesi vakillari ota-onalik baxtiga muyassar bo‘ldi, yana ayrimlari farzandli bo‘lish arafasida. MyDay ushbu ro‘yxatni e’lon qildi.

Xonanda Dilso‘z — Go‘zal Jumaniyozova uchinchi bor ona bo‘lish arafasida. Xonandaning Dilso‘z va Safina ismli ikki qizi bor.

2018-yilning 15-may kuni Jamshid bilan turmush qurgan xonanda Umidaxon ham hozirda ona bo‘lish arafasida.

Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva ikkinchi bor ona bo‘ladi, hozirda uning Sa’diyaxon ismli qizi bor.

Xonanda Nilufar Usmonova o‘zbek shou-biznesida farzandlar soni bo‘yicha yetakchi sanaladi. U 1-avgust kuni beshinchi farzandi Safiyani dunyoga keltirdi.

Xonanda va boshlovchi Karen Gafurjanov va uning rafiqasi Sadoqat 2018-yilda o‘g‘il farzand ko‘rgan.

Oybek va Nigora ikkinchi bor ota-onalik baxtiga musharraf bo‘ldi. Yulduzli oilada 26-may kuni ikkinchi o‘g‘il dunyoga keldi.

Taniqli boshlovchilar Shox Alimovich (Nodirshox) va Oyxon Iforzoda oilasida iyul oyida o‘g‘il farzand dunyoga keldi. Hozirda juftlikning Amirshox va Zoxirshox ismli ikki o‘g‘li bor.

VIA “Maroqand” guruhining a’zosi Abdurashid Toshmatov ilk bor qiz farzandli bo‘ldi.

“Setora” guruhining ilk tarkibi a’zosi Leyli fevral oyida ikkinchi bor onalik baxtiga muyassar bo‘ldi.

Taniqli aktrisa Gulchehra Sharopova (Eshonqulova) ham bu yil ikkinchi bor onalik baxtini tuydi. AQShda istiqomat qilayotgan aktrisa qiz farzandli bo‘ldi.

Rejissyor Zebo Navro‘zovaning kenja o‘g‘li Muhammadali ham bu yil otalik baxtiga muyassar bo‘ldi. Uning xonadonida o‘g‘il farzand dunyoga keldi.

Xonanda va aktyor Diyor Mahkamov xonadonida ham bu yil yangi chaqaloq dunyoga keldi.

Xonanda Shahnoza Otaboyeva va aktyor Komol Bobonazarovning oilasida o‘g‘il farzand dunyoga keldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-12-2018, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют