» » Ramzan Qodirov otlar poygasidan 98 mln rubl daromad olib, uni deklaratsiyada ko‘rsatmadi

Ramzan Qodirov otlar poygasidan 98 mln rubl daromad olib, uni deklaratsiyada ko‘rsatmadi


Transparency International Xalqaro korrupsiyaga qarshi tashkiloti Ramzan Qodirovga qarashli poyga otlari to‘g‘risida surishtiruv ishlari natijalarini ma’lum qildi. Bu haqda Tjournal xabar berdi.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, Checheniston rahbarining 128 ta oti bor. So‘nggi to‘rt yilda ularni poygalardagi ishtirokidan 98 million rubl daromad olingan, ammo bu daromadlar deklaratsiyada ko‘rsatilmagan.

Transparency International Qodirovning otlari Rossiya, Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Fransiya va Chexiya mamlakatlarida o‘tkazilgan turnirlarda qatnashganini aniqladi. Xorijiy poygalarda pul mukofotlari “millionlab dollar”ni tashkil qiladi.

Chexiyadagi poygada 2014—2018-yillarda otlar 4 392 890 chex krona, Germaniyada — 22 ming yevro ishlagan.

Qodirov sanksiyalar sabab ushbu pullarni olmagan, shu sabab Transparency International ularni hisobga olmayapti.

Rossiyada Qodirovning yutuqlari kamroq, ammo barbir uning deklaratsiya tuzilgan daromadlaridan ancha ko‘p.

Qodirovning yutuqlari 2014-yildan 36 424 660 rublni tashkil qildi. Qodirov deklaratsiya tuzgan daromadi (2018-yilni hisobga olmaganda) —29 273 204 rubl.

2014—2017-yillarda Qodirov otlardan 11 490 000 rubl daromad oldi.

Transparency International hisob kitoblariga ko‘ra, otlarni bir yillik parvarishiga 46 million rubl sarflanadi, bunda Qodirov otlarni xarid qilishga sarflagan mablag‘ miqdori ko‘rsatilmayapti, buni aniqlashning imkoni yo‘q, sababi u qancha ot sotib olgani va qanchasini sovg‘aga olganini sanashning imkoni yo‘q.

Qodirov aslida deklaratsiyada otlarni ko‘rsatishi shart emas sababi ular ko‘char mulk sanaladi, ammo ularning poygasidan olingan daromadni ko‘rsatishi va undan daromad solig‘i to‘lashi shart.

Qodirovning daromadlariga deklaratsiya tuzilmaganligi haqidagi ma’lumot olish yuzasidan prezidentning korrupsiyaga qarshi masalalari boshqarmasiga murojaat qilingan. Agar ma’lumot tasdiqlansa uni “ishonchni yo‘qotgani” uchun vazifasidan ozod etish talab etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-12-2018, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют