» » Toshkentda qarindoshining uyidan chiqib bedarak yo‘qolgan 8-sinf o‘quvchisi qidirilmoqda

Toshkentda qarindoshining uyidan chiqib bedarak yo‘qolgan 8-sinf o‘quvchisi qidirilmoqda


29-noyabr kuni taxminan soat 12:00 da Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasida joylashgan qarindoshining uyidan chiqib, bedarak yo‘qolgan Gafurova Visola Ravshan qizi qidirilmoqda, deya ma’lum qildi IIBB.

Gafurova Visola Ravshan qizi 2004-yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan, Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Keles shahri 18-maktabning 8-sinfida o‘qigan.

Belgilari: bo‘yi 150 sm, sochlari uzun va yorqin jigar rang, gavda tuzilishi o‘rtacha. Kiyimlari: qora palto, qora shim va mexli etiklar.

“Toshkent shahar IIBB ushbu bolaning qayerdaligi haqida ma’lumotga ega bo‘lganlarni 102 raqami orqali xabar berishlarini so‘raydi”— deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-12-2018, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют