» » AQSh va Xitoy savdo urushini to‘xtatdi. Yangi bojlarning kiritilishi 90 kunga “muzlatib qo‘yildi”

AQSh va Xitoy savdo urushini to‘xtatdi. Yangi bojlarning kiritilishi 90 kunga “muzlatib qo‘yildi”


AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy raisi Si Szinpin 2019-yil 1-yanvardan keyin o‘zaro savdo bojlarini kiritmaslik haqida kelishib oldi, deb yozadi Meduza.

Oq uydan ma’lum qilishlaricha, AQSh bojlarni 10 foizdan 25 foizgacha oshirish qarorini 90 kunga to‘xtatib turadi, Xitoy esa bunga javoban, Amerikaning qishloq xo‘jalik, energetika va sanoat mahsulotlaridan “ancha-muncha hajmda” sotib oladi. Donald Tramp va Si Szinpin bu haqda Argentinadagi G20 sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan va ikki soatdan ziyod davom etgan uchrashuvda kelishib olgan.

Hozircha esa moratoriy amal qiladi, mamlakatlar muzokaralarni davom ettiradi, biroq agar Xitoy va AQSh bu vaqt ichida bitimga erishmasa, Xitoy eksportiga oshirilgan soliqlar solinadi.

AQSh va Xitoy so‘nggi oylarda iqtisodiy nizo holatida bo‘lib, Tramp iyul oyidan buyon Xitoy tovarlari importiga jami 250 milliard dollar bojlar kiritish haqida bir nechta farmonlar imzoladi. Xitoy bunga javoban 110 milliard dollarlik bojlar joriy qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-12-2018, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют