» » O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar tarixda ilk bor Butunjahon shaxmat Olimpiadasida oltin medalga ega chiqdi

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar tarixda ilk bor Butunjahon shaxmat Olimpiadasida oltin medalga ega chiqdi


Turkiyaning Konya shahrida 16 yoshgacha bo‘lgan bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi yakunlandi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

2-dekabr, yakshanba kuni  O‘zbekiston termasi shaxmatchilari so‘nggi, to‘qqizinchi tur doirasida Xitoy terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa o‘zbekistonlik shaxmatchilar 9 tur yakuniga ko‘ra, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va oltin medalga ega chiqdi. O‘zbekistonlik shaxmat ustalari musobaqa davomida Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Ukraina, Vengriya, Polsha, Moldova kabi terma jamoalarni mag‘lubi etdi. Bir turda amerikalik raqiblarga imkoniyat boy berildi. Shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston termasi sharafini Nodirbek Yoqubboyev, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Shamsiddin Vohidov va Sitora Saparova himoya qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi avval bunday natija ko‘rsatmagan. Butunjahon shaxmat Olimpiadasining mazkur oltin medali o‘zbek shaxmati tarixida birinchisi bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-12-2018, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют