» » Kreml navbatdagi G20 ga qadar Putin va Trampning uchrashishiga umid qilmoqda

Kreml navbatdagi G20 ga qadar Putin va Trampning uchrashishiga umid qilmoqda


Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Trampning uchrashuvi 2019-yilning iyunida G20 sammitida yuz berishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant.ru”.

“Biz prezidentlarning uchrashish vaqti va uni o‘tkazish joyini kelishdik, prezidentlar muhokama etishi mumkin bo‘lgan masalalarni muhokama qildik”, — dedi u “Rossiya 1” telekanaliga intervyusida.

Biroq Ushakov Vashingtonning “Kerch hodisasida” ishtirok etgan kema va dengizchilarni vataniga qaytarish haqidagi talabi bu shartlar bajarilmagunga qadar mamlakatlar rahbarlarining uchrashuvi amalga oshirilmasligini bildirish-bildirmasligi haqidagi savolga javob bera olmagan.

“Amerikaliklar aloqalarni uzib qo‘yish mumkin emasligini tasdiqladi”, — deya ta’kidladi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kerchdagi nizolar sababli AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya davlati rahbari Vladimir Putin bilan Argentinadagi G20 sammiti doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvni bekor qilganligi haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-12-2018, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют