» » Toshkentda yo‘qolgan 14 yoshli qiz topildi, u To‘ytepadagi qarindoshining uyida bo‘lgan

Toshkentda yo‘qolgan 14 yoshli qiz topildi, u To‘ytepadagi qarindoshining uyida bo‘lgan


Toshkentda 29-noyabr kuni yo‘qolib qolgan 14 yoshli Visola Gafurova topildi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

“IIB xodimlarining bee’tibor bo‘lmagan fuqarolar bilan hamkorligi natijasida joriy yilning 29-noyabrida yo‘qolib qolgan 14 yoshli Visola Gafurova topildi. Qiz Toshkent viloyati To‘ytepa hududidagi qarindoshlarining uyida bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.

IIBB qizni qidirishda yordam berganlarning barchasiga minnatdorlik bildirib qoldi.

Eslatib o‘tamiz, Gafurova Visola Ravshan qizi 29-noyabr kuni taxminan soat 12:00 da Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasida joylashgan qarindoshining uyidan chiqib, bedarak yo‘qolgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-12-2018, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют