» » A Seriya. “Roma” o‘z maydonida “Inter”ni yuta olmadi (video)

A Seriya. “Roma” o‘z maydonida “Inter”ni yuta olmadi (video)


2-dekabr, yakshanba kuni Italiya A Seriyasi 14-turi doirasida bir nechta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, “Latsio” jamoasi safarda “Kyevo” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Avvaliga 25-daqiqada mezbonlar o‘yinchisi Pellissye hisobni ochgan bo‘lsa, 61-daqiqada “Latsio” to‘purari Chiro Immobile hisobni tenglashtirdi.

Turning markaziy o‘yini Rimda kechdi. Unda “Roma” “Inter”ni qabul qilib, 2:2 hisobida durang qayd etdi. “Roma” safida Jengiz Under va Aleksandr Kolarov bittadan gol urishga erishdi. Mehmonlar tarkibida esa Balde Keyta hamda Mauro Ikardi o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

3-dekabr, dushanba kuni turning so‘nggi o‘yinida “Napoli” “Atalanta” mehmoni bo‘ladi.

?A Seriya

14-tur bahslari

1-dekabr, shanba

Gollar: 1:0 – 5 Kurtich, 1:1 – 24 Kaputo, 1:2 – 43 Krunich, 2:2 – 67 Kurtich.

Gollar: 0:1 – 31 Bentankur, 0:2 – 69 Kyellini, 0:3 – 79, penalti Ronaldu.

Gollar: 1:0 – 10 Prat, 1:1 – 17 Poli, 2:1 – 25 Kualyarella, 3:1 – 40 Ramires, 4:1 – 68 Kualyarella.

2-dekabr, yakshanba

Gollar: 0:1 – 49 Ingleze, 1:1 – 55 Kutrone, 2:1 – 71, penalti Kessie.

Gollar: 1:0 – 14 Kassata, 1:1 – 77 Farias.

Gollar: 0:1 – 36 Kuame, 1:1 – 45 Ansaldi, 2:1 – 45, penalti Belotti.

Gollar: 1:0 – 25 Pellissye, 1:1 – 66 Immobile.

Gollar: 0:1 – 37 Balde Keyta, 1:1 – 51 Under, 1:2 – 66 Ikardi, 2:2 – 74, penalti Kolarov.

3-dekabr, dushanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangilaridan boxabar bo‘lishni istasangiz “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Kanalga qo‘shilish uchun: @Daryo_sport?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2018, 09:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют