» » La Liga. “Sevilya” va “Atletiko Madrid” omadsizlikka uchradi, “Barselona” esa peshqadamga aylanib oldi (video)

La Liga. “Sevilya” va “Atletiko Madrid” omadsizlikka uchradi, “Barselona” esa peshqadamga aylanib oldi (video)


2-dekabr, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasi 14-turi doirasida bir nechta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, “Atletiko Madrid” Kataloniyaga safar qilib, “Jirona” bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi. Mezbonlar safida Kristian Stuani gol kiritgan bo‘lsa, Ramalyo ?avtogol urib “Atletiko”ga yordam berib yubordi.

“Barselona” esa “Kamp Nou”da “Vilyarreal”ni mehmon qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Birinchi bo‘limning 36-daqiqasida Jerar Pike hisobni ochuvchi golga mualliflik qildi.

Ikkinchi bo‘limda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Karlos Alenya 87-daqiqada Leo Messining uzatmasini golga aylantirdi.

Musobaqa peshqadami bo‘lib turgan “Sevilya” esa mazkur turda “Alaves” maydoniga safar qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Natijada “Barselona” 28 ochko bilan 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi, “Sevilya” esa 27 ochko bilan 2-o‘ringa tushib ketdi.

La Liga

14-tur bahslari

30-noyabr, juma

Gol: 1:0 – 53 Embarba.

1-dekabr, shanba

Gollar: 1:0 – 38 Aspas, 2:0 – 77 Aspas.

Gollar: 0:1 – 11 Siovas, 0:2 – 42 Oskar Rodriges, 1:2 – 50 Toni, 1:3 – 66 Karrilo, 1:4 – 75 Karrilo, 2:4 – 90 Unal.

Gollar: 1:0 – 55 Molina, 2:0 – 65 Mata, 3:0 – 80 Antunesh.

Gollar: 1:0 – 8, avtogol Vass, 2:0 – 83 Vaskes.

2-dekabr, yakshanba

Gol: 1:0 – 33 Firpo.

Gollar: 1:0 – 45, penalti Stuani, 1:1 – 82, avtogol Ramalyo.

Gollar: 1:0 – 36 Pike, 2:0 – 87 Alenya.

Gollar: 1:0 – 37 Xoni Rodriges, 1:1 – 78 Ben-Yedder

3-dekabr, dushanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangilaridan boxabar bo‘lishni istasangiz “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Kanalga qo‘shilish uchun: @Daryo_sport?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2018, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют