» » Samarqandda 2 kishi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi. Ammo qo‘shnilar ularni is gazidan o‘lganligini rad etmoqda

Samarqandda 2 kishi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi. Ammo qo‘shnilar ularni is gazidan o‘lganligini rad etmoqda


26-noyabr kuni Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Tinchlik mahallasida yashovchi N.U. (ayol) va D.Q. (erkak) is gazidan zaharlanib voqea joyida vafot etgan.

“Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevning ma’lum qilishicha, voqea joyida vafot etgan D.Q. 1984-yilda tug‘ilgan bo‘lib, Samarqand viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasida vakolatli lavozimda ishlab kelgan. Shuningdek, marhuma N.U. 1986-yilda tug‘ilgan bo‘lib, u Pastdarg‘om tumanidagi 14-maktabgacha ta’lim muassasasining mudirasi hisoblangan.

Is gazidan zaharlangan deya e’tirof etilgan D.Q. va N.U. aynan qanday holatdagi is gazidan o‘lganligi (gaz yoki ko‘mir isidan, —muallif) hozircha noma’lum.

Biroq, ma’lumotlarga ko‘ra D.Q. va N.U. is gazidan vafot etmagan. Boisi o‘sha kuni uyda N.U.ning ikki nafar farzandi ham bo‘lgan. Biroq ularga hech nima qilmagan.

Qiziq tomoni shundaki, D.Q. va N.U.ning o‘limini qo‘shnilarga aynan o‘sha bolalar ma’lum qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, ayol turmushidan ajrashgan. Marhum erkakning esa o‘z oilasi bo‘lgan. Ammo hozircha viloyatdagi birorta vakolatli organ vakillari bu borada aniq ma’lumot bergani yo‘q.

“Daryo” muxbiri mazkur holat yuzasidan jurnalistik surishtiruv olib bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2018, 11:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют