» » Rasman: UEFA uchinchi yevrokubok tashkil etilganini e’lon qildi

Rasman: UEFA uchinchi yevrokubok tashkil etilganini e’lon qildi


UEFA tashkiloti klublar o‘rtasida 2021-yilda start oladigan uchinchi yevrokubok musobaqasi tashkil etilganini tasdiqladi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida e’lon qilindi.

Yangi musobaqa Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi formatida o‘tkaziladi. Guruh bosqichida 32 ta jamoa ishtirok etadi.

Format quyidagicha: 8 ta guruhda 4 tadan jamoa, 1/8 final, 1/4 final, yarim final va final. 1/8 finaldan oldin qo‘shimcha pley-off bosqichi o‘tkaziladi. Unda yangi musobaqa guruh bosqichida 2-o‘rinnni olgan jamoa bilan Yevropa Ligasi guruh bosqichida 3-o‘rinni band etgan jamoa o‘zaro kuch sinashadi.

Yangi musobaqa 141 ta uchrashuvdan iborat bo‘ladi. Umumiy o‘yinlar soni Yevropa Ligasi musobaqasiniki bilan bir xil. Bahslar 15 o‘yin kunida o‘tkaziladi.

Mazkur musobaqa g‘olibi Yevropa Ligasining kelasi mavsumi uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. O‘yinlar haftaning payshanba kuni o‘tkaziladi.

Klublar o‘rtasidagi musobaqalarning barcha finallari bir haftada o‘tkaziladi. Yangi musobaqa haftaning chorshanba kuni, Yevropa Ligasi — payshanba,  Chempionlar Ligasi esa shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangilaridan boxabar bo‘lishni istasangiz “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Kanalga qo‘shilish uchun: @Daryo_sport



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2018, 11:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют