O‘zbekistonda iste’mol bozoridagi tovar va xizmatlar narxi o‘rtacha 2,3 foizga oshdi
Davlat statistika qo‘mitasi 2018-yilning noyabr oyida iste’mol sektoridagi inflyatsiya darajasini ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, noyabrda O‘zbekiston iste’mol bozoridagi tovar va xizmatlar narxi o‘rtacha 2,3% ga ko‘tarildi, deb xabar berdi “O‘zA”.
Umumiy hisobda 11 oy davomida iste’mol sektorida inflyatsiya darajasi 12% ni tashkil etdi.
Ma’lumot uchun, 2017-yilning noyabr oyida iste’mol sektoridagi inflyatsiya darajasi 2% ni tashkil etgan. Oy davomida umumiy narxlar darajasining o‘sishiga oziq-ovqat mahsulotlari 1,5%, nooziq-ovqat mahsulotlar 3,4% va xizmatlar 0,5% ga ta’sir etgan.
Ma’lum qilinishicha, qtisodiyotga inflyatsion bosimlarning oshishi 2018-yilning sentabr oyidan kuzatila boshlangan. Sentabrda o‘rtacha oylik iste’mol narxlari 1,8%, oktabrda 1,3% va noyabr oyida 2,3%, so‘nggi uch oylikda esa narxlar o‘rtacha ko‘tarilishi 5,4% ni tashkil etgan.
Manba: Daryo.uz