» » Umid Ahmadjonov Janubiy Koreyada Osiyo taekvondo uyushmasi prezidenti Li Kyu Syok bilan uchrashdi, u yanvarda O‘zbekistonga keladi

Umid Ahmadjonov Janubiy Koreyada Osiyo taekvondo uyushmasi prezidenti Li Kyu Syok bilan uchrashdi, u yanvarda O‘zbekistonga keladi


O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov va Taekvondo WTF assotsiatsiyasi raisi Ahmadjon Rahimov Seul shahrida Osiyo taekvondo uyushmasi prezidenti Li Kyu Syok bilan uchrashdi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov va Ahmadjon Rahimov Osiyo taekvondo ittifoqi rahbarini O‘zbekistonda taekvondoni rivojlantirish dasturi, mazkur sport turi bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalarida ham to‘garaklar ochish rejasi bilan tanishtirdi. Shuningdek, Syok O‘zbekiston Milliy universitetidagi taekvondo kafedrasiga kelib, ma’ruza qilish uchun taklif qilindi. O‘z navbatida, Osiyo taekvondo ittifoqi rahbari mazkur taklifga ijobiy javob qaytardi.

Shuningdek, rejaga binoan yanvar oyida Markaziy Osiyo taekvondo assotsiatsiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbirga Li Kyu Syok ham tashrif buyurishi kutilmoqda. Tashkil etiladigan yangi assotsiatsiya rahbarligiga O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi raisi Ahmadjon Rahimov asosiy nomzod bo‘lib turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangilaridan boxabar bo‘lishni istasangiz “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Kanalga qo‘shilish uchun: @Daryo_sport



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2018, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют