» » Superliga yo‘llanmasi uchun jang: Bugun “So‘g‘diyona” Toshkentda “Mash’al”ga qarshi maydonga tushadi

Superliga yo‘llanmasi uchun jang: Bugun “So‘g‘diyona” Toshkentda “Mash’al”ga qarshi maydonga tushadi


3-dekabr, dushanba kuni kelasi mavsum futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi ishtirok etish uchun “So‘g‘diyona” va “Mash’al” o‘rtasida o‘tish o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pro-ligasi hamda Superligada 2018-yilgi mavsum o‘z nihoyasiga yetdi. Endi Superligada quyi o‘rinlarni egallagan va Pro-ligada yuqori o‘rinlardan joy olgan jamoalar o‘rtasida kelasi mavsumda Superligada ishtirok etish imkonini beradigan 2 ta yo‘llanma uchun o‘tish o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

“Mash’al” Superligada 11-o‘rinni egallagan “So‘g‘diyona” jamoasiga qarshi pley-off bahsida maydonga tushsa, “Istiqlol” Superligada 10-o‘rindan joy olgan OKMK jamoasiga qarshi pley-off o‘yinida Superliga yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi.

“So‘g‘diyona” – “Mash’al” bahsiga “Paxtakor” stadioni mezbonlik qiladigan bo‘ldi. OKMK – “Istiqlol” o‘yini esa “Lokomotiv” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Pley-off o‘yinlari

3-dekabr, dushanba

Toshkent. “Paxtakor” stadioni

4-dekabr, seshanba

Toshkent. “Lokomotiv” stadioni

Yanada ko‘proq futbol va sport yangilaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Kanalga qo‘shilish uchun: @Daryo_sport



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2018, 12:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют