» » Andijonda shifokorning uyidan 50 mln so‘mlik taqinchoq, 15 ming dollar va 30 mln so‘m pul o‘girlagan shaxslar ushlandi

Andijonda shifokorning uyidan 50 mln so‘mlik taqinchoq, 15 ming dollar va 30 mln so‘m pul o‘girlagan shaxslar ushlandi


Andijon shahar Bo‘ston MFY da yashovchi viloyat Narkologiya dispanseri shifokori R.D. IIBga ariza bilan murojaat qildi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga.

Foto: “Bezumno.ru”

Murojaatda ma’lum qilinishicha, 2018-yil 21-noyabr kuni soat 08:30 dan 11:30 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, noma’lum shaxslar, fuqaroning yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalanib, yotoqxonasida bo‘lgan 50 million so‘mlik tilla buyumlari, temir seyfida bo‘lgan 15 000 AQSh dollari, 30 million so‘m pul mablag‘lari hamda xonadoniga tegishli bo‘lgan hujjatlarini o‘g‘irlab ketilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida, noma’lum shaxslar aniqlanib ushlandi.

Andijon shahar IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan olib borilgan dastlabki surishtiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, ushbu jinoyatni Andijon shahar Jambul ko‘chasida yashovchi, fuqaro N.M, shahardagi 4-kichik dahada yashovchi fuqarolar O.D. va F.O. Adir ko‘chasida yashovchi fuqaro Q.D. lar sodir etgan.

Hozirda ushbu fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 4-qismi, 227-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) 2-qismi va 127-moddasi (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatga jalb etish) 3-qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zag‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2018, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют