» » O‘zbekiston tibbiy sug‘urta sohasida Koreya respublikasi bilan hamkorlik qilinadi

O‘zbekiston tibbiy sug‘urta sohasida Koreya respublikasi bilan hamkorlik qilinadi


O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Koreya Respublikasi Milliy tibbiy sug‘urta xizmati prezidenti Kim Yeng Ik boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda sog‘liqni saqlash, jumladan, tibbiy sug‘urta sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratildi.

Alisher Shodmonov O‘zbekistonda 2025-yilgacha sohani rivojlantirish bo‘yicha konsepsiya loyihasida ko‘plab yo‘nalishlar, jumladan, tibbiy sug‘urta sohasiga ham alohida urg‘u berilayotganini ta’kidladi. 2021-yildan boshlab O‘zbekistonda majburiy tibbiy sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, bunda ko‘plab rivojlangan davlatlar qatori, Koreya respublikasining tibbiy sug‘urta tizimini chuqur o‘rgangan holda, bu boradagi ijobiy tajribalarni yurtimizda ham tatbiq etishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.

O‘z navbatida Kim Yeng Ik o‘zaro aloqalarning jadal rivojlanib borayotganidan mamnunligini bildirib, tibbiy sug‘urta sohasiga keng to‘xtalib o‘tdi. Qayd etilganidek, Koreya respublikasi milliy tibbiy sug‘urta tizimi va tibbiyotning rivojlanishi bo‘yicha dunyo miqyosida 4-o‘rinda turadi. 40 yillik tajribaga ega mamlakat tibbiy sug‘urta tizimi xalqaro tamoyillar asosida izchil takomillashib bormoqda. Shu sababdan u xalqaro talablarga to‘liq javob beradi va aholining barcha qatlamlari manfaatlarini himoya qiladi.

Muloqot asnosida Koreya respublikasining tibbiy sug‘urta tizimini bevosita o‘rganish va yutuqlarini mamlakatimizda tatbiq etish sog‘liqni saqlash tizimining takomillashuviga va aholi salomatligini samarali muhofaza qilish tizimini yaratishga xizmat qilishi e’tirof etildi.

Uchrashuv so‘nggida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Korea Respublikasi Milliy tibbiy sug‘urta xizmati o‘rtasida O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta tizimini joriy qilishda o‘zaro hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2018, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют