» » Toshkentda MIB xodimiga pora taklif qilgan shaxslar ushlandi

Toshkentda MIB xodimiga pora taklif qilgan shaxslar ushlandi


Majburiy ijro byurosi Shayxontohur tuman bo‘limi va tuman prokuraturasi xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga Majburiy ijro byurosi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahar, Shayxontohur tuman, Qoratosh ko‘chasida qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish sexida tadbirkor A.V. elektr energiyadan noqonuniy foydalanib, 116 900 000 so‘m yetkazilgan zararni kamaytirib ko‘rsatib, to‘lov uchun 5.000.000 so‘m hamda mazkur to‘plangan hujjatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik evaziga surishtiruvchi M.Siddiqjonovga pora tariqasida 5.000.000 so‘m, jami bo‘lib 10.000.000 so‘m bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Tadbirkor A.V.ga nisbatan shu kuni Jinoyat Kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, MIB tomonidan 1-dekabr kuni o‘tkazilgan yana bir tadbir davomida, Shayxontohur tumanidagi Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti bosh energetigi I.N., institutning elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishi aniqlanib, qoidabuzarlik bo‘yicha 399.170.112 so‘m yetkazilgan zararni kamaytirib ko‘rsatgan. I.N. MIB tuman bo‘limi surishtiruvchiga pora tariqasida 2.000 AQSh dollari berishini ma’lum qilib, shundan 450.000 so‘m bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

I.N.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2018, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют