» » Bosh prokuror buyrug’iga binoan tadbirkorlar faoliyatini tekshirish elektron yuritiladi

Bosh prokuror buyrug’iga binoan tadbirkorlar faoliyatini tekshirish elektron yuritiladi


O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining “Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimini yuritish tartibi haqida”gi buyrug‘i Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Nizomga ko‘ra nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatini tekshirish tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Mas’ul xodim Yagona tizimda prokuratura.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi hamda unga login va parol beriladi.

Tekshiruv o‘tkazishni kelishish uchun nazorat qiluvchi organ tomonidan Yagona tizimga ma’lumotlar kiritiladi. Kelishish uchun buyurtma uch ish kuni ichida, favqulodda holatlar bo‘yicha bir ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Tekshiruv o‘tkazishni kelishish haqida qaror qabul qilinganda “Ruxsat berilsin” maqomi, rad etilganda uning aniq sababi ko‘rsatilgan holda “Rad etilsin” maqomi tanlanadi.

Tadbirkor o‘z so‘roviga ko‘ra o‘tkazilayotgan tekshiruv haqidagi axborotni Yagona tizimdan qisqa xabar (SMS) ko‘rinishida va Internet tarmog‘i orqali olishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2018, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют