» » Toshkent viloyatida tenderni yutib berishni va’da qilib 13 ming dollarni o‘zlashtirgan fuqaro qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida tenderni yutib berishni va’da qilib 13 ming dollarni o‘zlashtirgan fuqaro qo‘lga olindi


Toshkent viloyatida tanishiga tenderda g‘oliblikni va’da qilib, undan 13 ming dollar olgan va bu pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAVlar bilan ishlash boshqarmasi xabar berdi.

Joriy yilning 29-noyabr kuni Toshkent viloyatining Piskent tumanida yashovchi A.Q. IIBga murojaat qilib, shu yil 9-sentabr kuni tuman markazida muqaddam sudlangan M.U. ismli tanishi unga “Temir yo‘l” qurilish firmasi tenderini yutib olishini aytib, aldov yo‘li bilan 13 000 dollarini olib, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma’lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida M.U. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2018, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 105) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют