» » Trampning migratsiya farmoni sabab AQSh birgina xizmat safarlari sohasida bir haftada 185 mln dollar yo‘qotdi

Trampning migratsiya farmoni sabab AQSh birgina xizmat safarlari sohasida bir haftada 185 mln dollar yo‘qotdi


Jahon ishbilarmonlik turizmi tashkiloti hisobotiga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp bir qator musulmon mamlakatlarning fuqarolari uchun AQShga kirishni cheklovchi farmonni imzolaganidan keyingi bir hafta ichida xizmat safarlari bo‘yicha bronlarning bekor qilinishi oqibatida AQSh taxminan 185 million dollar yo‘qotgan. Bu haqda The Huffington Post xabar bermoqda.

Nashrning qayd etishicha, xizmat safarlari sohasidagi vaziyatning atigi 1 foizga o‘zgarishi AQSh 71 mingta ish o‘rni va yalpi ichki mahsulotning qariyb 5 milliard dollarini yo‘qotishiga sabab bo‘ladi.

Boshqa bir guruh iqtisodchilarning aniqlashicha, Trampning taqiqi tatbiq etilishi oqibatida birgina Los-Anjeles okrugi keyingi uch yil davomida turizm sohasida 736 million dollardan mahrum bo‘lishi mumkin.

Nashrning yozishicha, AQShda faoliyat olib borayotgan Yevropa kompaniyalarining deyarli yarmi keyingi uch oylik xizmat safarlarini qisqartirishni rejalashtirayotganini bildirgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-02-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 18) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют