» » Nazarboyev Putin bilan do‘stligi haqida so‘zlab berdi

Nazarboyev Putin bilan do‘stligi haqida so‘zlab berdi


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev qo‘shni mamlakatlar, ayniqsa Rossiya bilan do‘stligi haqida so‘zlab berdi, deb yozadi Tengrinews.

Qozog‘iston prezidenti Rossiya prezidenti bilan do‘stona munosabatlarini ta’kidlab o‘tdi.

“Vladimir Vladimirovich Putin 2000-yilda siyosatga kelishi bilan, birinchi kunlardanoq u bilan aloqadaman, birgalikda juda murakkab masalalarni hal etishimizga to‘g‘ri kelgan. Bu 7 ming 500 kilometrlik umumiy chegarani belgilash. Aytaylik, Boyqo‘ng‘ir kosmodromi muammosi. Bularning barchasi Vladimir Vladimirovich bilan yaxshi munosabatlar, ishonch tufayli hal etildi. Bu aloqalar bugungi kunga qadar davom etmoqda”, — deya ta’kidladi Nazarboyev.

“Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlar etalon, namuna ekanligini avval ham aytganman. Dunyodagi ko‘plab qo‘shni mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalar shunday bo‘lganda edi, hozir boshdan kechirayotgan qiyinchiliklarda duch kelmagan bo‘lardik”, — deya qo‘shimcha qildi u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2018, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 1) ( 52) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...