» » O‘zbekistonlik taekvondochilar Minskda o‘tgan Jahon Kubogida 18 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik taekvondochilar Minskda o‘tgan Jahon Kubogida 18 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi


29-noyabr – 3-dekabr kunlari Belarus poytaxti Minsk shahrida taekvondo ITF yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar, kadetlar va kattalar o‘rtasida Jahon Kubogida musobaqalari bo‘lib o‘tdi, deb “Daryo”ga xabar beradi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.

Dunyoning 18 davlatidan 1975 nafar sportchi ishtirok etgan ushbu musobaqada O‘zbekiston sharafini 53 nafar sportchi himoya qildi. O‘zbekistonlik sportchilar musobaqada 18 ta oltin, 9 ta kumush va 18 ta bronza medalni ko‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun, 8—9-dekabr kunlari Toshkentda taekvondo ITF sport turi bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tadi, tadbirda Xalqaro Taekvondo ITF prezidenti hamda IMGS Butun jahon yakka kurash va jang san’ati prezidenti ishtirok etishi kutilmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Kanalga qo‘shilish uchun: @Daryo_sport



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2018, 02:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют