» » O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari qo‘shni davlat sanatoriylarida dam olish imkoniga ega bo‘ladi

O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari qo‘shni davlat sanatoriylarida dam olish imkoniga ega bo‘ladi


Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari endi ikki mamlakat dam olish uylari, sanatoriylari va bolalar lagerlariga yo‘llanmalarni sotib olishi mumkin. Bu haqda Tojikiston mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbari o‘rinbosari Ismoil Fayzizoda ma’lum qildi, deya xabar beradi “Turon 24”.

Mazkur kelishuvga Tojikiston mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi delegatsiyasining Toshkentga qilgan safari mobaynida erishildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash muassasalarida dam olishni istagan Tojikiston fuqarolari Tojikiston kasaba uyushmalarining vakolatxonalarida yo‘llanma sotib olishi mumkin. O‘zbekiston fuqarolari uchun ham xuddi shunday tartib nazarda tutilgan: ular Tojikistondagi sihatgohlarda dam olish uchun yo‘llanma sotib olish imkoniga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, keyingi yozdan boshlab maktab o‘quvchilari yozgi ta’tilni qo‘shni mamlakatdagi sog‘lomlashtirish oromgohlarida o‘tkazishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2018, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют