» » Scorpion filmi Toshkentda rekord darajada tomoshabin to‘plamoqda

Scorpion filmi Toshkentda rekord darajada tomoshabin to‘plamoqda


1-dekabr kuni Toshkent kinoteatrlarida Scorpion trillerining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Ilk uikendda, ya’ni dam olish kunlarida kartinani tomosha qilish uchun kinoteatrlarga 15 mingdan ortiq tomoshabin keldi. Boshqa filmlar namoyishiga keladigan tomoshabinlar soni bilan taqqoslaganda bu ko‘rsatkich 15-20 barobarga ko‘p.

Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi ma’muriyatining ma’lum qilinishicha, muxlislar talabidan kelib chiqqan holda deyarli barcha kinozallarda besh smenada ham Scorpion namoyish etilmoqda.

Ma’lumot uchun, kartina tizeri bir kun ichida bir million martadan ortiq tomosha qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2018, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют