» » Xiaomi o‘z protsessorlarini ishlab chiqarishni boshladi

Xiaomi o‘z protsessorlarini ishlab chiqarishni boshladi


28-fevral kuni Xitoyning mobil texnika ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Xiaomi o‘zining mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan birinchi protsessorini namoyish etdi, deb yozadi “Kommersant”.

Surge S1 chipseti Xiaomi’ga tegishli Beijing Pinecone Electronics kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Protsessor Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 625 chipsetiga raqobatchi sifatida keltirilmoqda. Kompaniya o‘zining yangi protsessorini birinchi bo‘lib Xiaomi Mi 5C yangi smartfoniga o‘rnatadi.

Ekspertlar ta’kidlashicha, bungacha protsessorlarni boshqa firmalardan sotib olgan Xiaomi Samsung, Apple yoki Huawei’dan namuna olgan. Ushbu kompaniyalar mobil qurilmalar uchun chipsetlar ishlab chiqarish sohasida dunyoda yetakchi bo‘lgan Qualcomm kompaniyasiga bog‘liqligini kamaytirish uchun ham o‘z protsessorlarini ishlab chiqarishni boshlagan edi.

Опубликовано: admin (1-03-2017, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 157) ( 0) ( 155) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют