» » Xorazmda xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tashkil etildi

Xorazmda xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tashkil etildi


O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimini yanada oshirish maqsadida turli turizm infratuzilmalarini yaratish bilan birgalikda sayyohlarning xavfsizligini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda, deb yozadi O‘zA.

Jumladan, ochiq osmon ostidagi muzey deya ta’riflanadigan Xiva shahriga tashrif buyuradigan xorijiy va mahalliy sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi tarkibida Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tashkil etilgan.

Aksariyat qismi kamida ikki yoki uchta xorijiy tilda erkin so‘zlasha oladigan yigit-qizlardan jamlangan ushbu boshqarma shaxsiy tarkibi bugungi kunda nafaqat Xiva shahrida balki Xorazm viloyatining ramziy darvozalari bo‘lmish Urganch xalqaro aeroportida va Urganch temir yo‘l vokzalida ham o‘z xizmat faoliyatlarini amalga oshirib kelmoqda.

Yangi tashkil etilgan ushbu boshqarma shaxsiy tarkibini zamonaviy transport va kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlanayotganligi ularning xizmat samaradorligini yanada oshirishga omil yaratmoqda.

Xususan, Xiva shahridagi “Ichan qal’a” majmuasida xizmat olib boruvchi xodimlarning ixtiyoriga “Segway” harakatlanish vositalarining topshirilganligi ularning uzluksiz ravishda “Ichan qal’a”ning tor ko‘chalarini aylanib yurish imkonini berdi.

Shuningdek, zarurat tug‘ilganda bog‘lanish uchun xizmat telefonlarining raqamlari tashqi devorlariga qayd etilgan shinam va qulay post punktlarining tashkil etilganligi ham sayyohlar va xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlarining yanada yaqinlashuvi va o‘zaro ishonchning ortishiga xizmat qilmoqda.

Sayyohlar xavfsizligini ta’minlash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bu kabi ezgu ishlarning samarasini bugun xalqaro tashkilotlar tomonidan yuksak baholanayotganligida va sayyohlar oqimining kundan-kunga ortib borayotganida ham ko‘rishimiz mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2018, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют