» » Forbes Youtube’da eng ko‘p haq olgan blogerlar ro‘yxatini tuzdi. Unga 7 yoshli bola boshchilik qildi

Forbes Youtube’da eng ko‘p haq olgan blogerlar ro‘yxatini tuzdi. Unga 7 yoshli bola boshchilik qildi


Forbes jurnali 2018-yilda YouTube’da eng ko‘p daromad olgan blogerlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga 22 million AQSh dollar daromad bilan yetti yoshli amerikalik Rayan boshchilik qildi. Uning o‘yinchoqlar haqidagi Ryan Toys Reviyew kanalini 17,3 million obunachi kuzatadi. Bu haqda “Dojd” nashri xabar berdi.

Ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasidan amerikalik aktor Jeyk Pol joy oldi. Uning daromadi 21,5 million AQSh dollarni tashkil qildi. Pol o‘z kanaliga kliplarini joylaydi, kanalining 17,5 million obunachisi bor. Uchinchi o‘rinni Dude Perfect kanali mualliflari o‘z sport harakatlari bilan egalladi. Ularning yillik daromadi 20 million AQSh dollarni tashkil qildi. Kanalning 36,8 million obunachisi bor.

Kuchli beshlikka shuningdek, bloger Den Middlton 18,5 million AQSh dollar daromadi bilan kirdi. Uning video o‘yinlar haqidagi DanTDM kanaliga 20,7 million kishi obuna bo‘lgan. Beshinchi o‘rin — xonanda va uslubchi Jeffri Starda. Uning kanali moda va uslubga bag‘ishlangan bo‘lib, unga 11,4 million kishi obuna. Uning yillik daromadi 18 million AQSh dollar.

Bir yil avval Forbes Den Middltonni eng ko‘p haq to‘lanadigan bloger deb e’lon qilgan, 2017-yilda u 16,5 million AQSh dollar ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2018, 11:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют