» » Fotogalereya: Yovvoyi hayvonlar chanqog‘ini qondirayotgan ko‘ngilli

Fotogalereya: Yovvoyi hayvonlar chanqog‘ini qondirayotgan ko‘ngilli


Keniyalik fermer Patrik Kilonzo Mvalua har kuni bir necha soat vaqt sarflab, Sharqiy Tsavo milliy bog‘ining qurg‘oqchil hududlariga suv olib keladi. U qurib qolgan ko‘lmaklarni to‘ldirib, hududda yashayotgan hayvonlarning chanqog‘ini qondirib, ularni o‘limdan saqlab qolmoqda, deb Travelask xabar berdi.

Hayvonlar fermerning mashinasini ko‘rgan zahoti, uni qarshi oladi.

Fillar, zebralar, antilopalar va hududdagi ko‘plab hayvonlar bu insonga bog‘lanib qolgan, chunki bu joyda umuman suv yo‘q.

Supermen belgisi tushirilgan futbolka ko‘ngilliga yarashadi. U mahalliy jonivorlar uchun haqiqiy qahramon va qutqaruvchidir.

Yaqin oradagi qishloqda yashovchi oddiy fermer bo‘lgan Patrik yog‘ingarchilik yo‘qligi tufayli hayvonlarning qiynalayotganini ko‘rib, jim tura olmadi. U har kuni 11 ming litr sig‘imli suv tashuvchi mashinasini suvga to‘ldirib, yo‘lga chiqadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-03-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют