» » Qashqadaryoda uyali aloqa operatoriga terrorchilar qo‘lida ekanligi haqida SMS yozgan yigit qo‘lga olindi

Qashqadaryoda uyali aloqa operatoriga terrorchilar qo‘lida ekanligi haqida SMS yozgan yigit qo‘lga olindi


Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi T.Y. tanishi orqali telefoniga Paynet’dan pul tashlattiradi, deb yozadi “Qashqadaryo” gazetasi.

Biroq unga hisobi to‘ldirilgani haqida SMS kelmaydi. Shunda u “Bilayn” uyali aloqa kompaniyasi operator raqamiga “Shu nomerni tekshirib bering”, “Telefon qiling, savolim bor”, “Javob bering”, “Pul tushmayapti, nimaga ulangan bo‘lsa o‘chirib beringlar?” degan mazmunda xabarlar yozadi.

Operator uning SMS’lariga javob qaytarmaydi.

“Bundan jahli chiqqan T.Y. aloqa kompaniyasi e’tiborini tortishning boshqa yo‘lini topadi. Shunda u operatorga ‘Yordam. terroristlar qo‘lidaman’ deb SMS jo‘natadi. Bilmaydiki, bu bilan boshqa idora e’tiborini ham tortganini. Yigit boyaqish yolg‘on xabar yo‘llagani uchun qo‘lga olindi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2018, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют