» » Ikardi — eng yaxshi o‘yinchi, Allegri — yil murabbiyi. Italiyada mavsumning eng yaxshilari taqdirlandi (fotojamlanma)

Ikardi — eng yaxshi o‘yinchi, Allegri — yil murabbiyi. Italiyada mavsumning eng yaxshilari taqdirlandi (fotojamlanma)


3-dekabr kuni Italiya futbol assotsiatsiyasi A Seriyaning 2018-yildagi eng yaxshilarini aniqladi.

Unga ko‘ra, Mauro Ikardi (“Inter”) bir yo‘la ikki sovrinni qo‘lga kiritdi. Ikardi yilning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lish bilan birga mavsumning eng chiroyli goli muallifi sifatida e‘tirofga sazovor bo‘ldi. Eng yaxshi murabbiyi sovrini esa “Yuventus”ni ketma-ket chempionlikka boshlab borgan Massimiliano Allegriga nasib qildi.

Taqdirlanganlar ro‘yxati:

Eng yaxshi futbolchi: Mauro Ikardi (“Inter”)

Eng yaxshi to‘purar: Chiro Immobile (“Latsio”)

Eng yaxshi darvozabon: Alisson (“Roma”)

Eng yaxshi murabbiy: Massimiliano Allegri (“Yuventus”)

Eng yaxshi hakam: Janluka Rokki

Eng chiroyli gol: Mauro Ikardi (“Inter”)

Mavsum ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Alisson (“Roma”/ “Liverpul”).

Himoyachilar: Joao Kanselu (“Inter”“/Yuventus”), Kalidu Kulibali (“Napoli”), Jorjio Kellini, Aleks Sandro (ikkalasi — “Yuventus”).

Yarim himoyachilar: Miralem Pyanich (Yuventus), Sergey Milinkovich-Savich (“Latsio”), Raja Nainggolan (“Roma”).

Hujumchilar: Paulo Dibala (“Yuventus”, Mauro Ikardi (“Inter”), Chiro Immobile (“Latsio”).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Kanalga qo‘shilish uchun: @Daryo_sport



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2018, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют