» » IShID uchun “aqlli bombalar” haqida ogohlantiruvchi tizimni ishlab chiqqan avstraliyalik qo‘lga olindi

IShID uchun “aqlli bombalar” haqida ogohlantiruvchi tizimni ishlab chiqqan avstraliyalik qo‘lga olindi


Avstraliya politsiyasi IShID guruhi uchun raketali hujum haqida ogohlantirish tizimini ishlab chiqishda gumon qilib, 42 yoshli erkakni qo‘lga oldi, deb yozadi Meduza.

Tergov versiyasiga ko‘ra, erkak IShID uchun Suriya va Iroqda “aqlli bomba”lar va qanotli bombalarni o‘rnatish uchun qo‘llaniladigan lazerli belgini aniqlaydigan tizimni o‘ylab topgan va ishlab chiqqan.

U, shuningdek, uzoq masofaga uchadigan boshqariluvchi raketalar yaratish uchun zarur tizimni ishlab chiqqan.

Gumonlanuvchi noqonuniy qurolli guruhlarda qatnashish bo‘yicha ayblanmoqda, buning uchun u bir umrgacha qamalishi mumkin.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (1-03-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют