» » BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi 3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kuni munosabati bilan forum o‘tkazdi

BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi 3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kuni munosabati bilan forum o‘tkazdi


Xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kunida 100 ga yaqin ota-onalar, yoshlar, hukumat vakillari, nogironlar jamiyatlari a’zolari va BMT vakolatxonalari xodimlari birgalikda nogironligi bo‘lgan insonlarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning har bir jabhasidagi huquqlari va farovonligini ilgari surish uchun yig‘ildi, deb xabar beradi BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati.

BMTning O‘zbekistondagi jamoasi “Ilhom” teatrida “Activation 2.0” – “Faollashtirish 2.0” nomli forum o‘tkazdi. Nogironligi bo‘lgan insonlar o‘zlari duch kelayotgan to‘siqlar, shu bilan birga qiyinchiliklarni yengib erishgan yutuqlari to‘g‘risida so‘zlab berdi. Ular inklyuzivlik nogironligi bo‘lgan insonlar o‘z salohiyatlarini to‘liq amalga oshirishlari uchun ko‘plab imkoniyatlar berishini ta’kidladi.

“Nogironlik atrofimizda. Afsuski, dunyo miqyosida nogironligi bo‘lgan 1 milliard insonlarning juda ko‘pchiligi hali ham nazardan chetda qolmoqda, ularning ehtiyojlari va manfaatlari ko‘rinmas bo‘lib qolmoqda, ularning hissalariga e’tibor berilmayapti, hamda mehnat mahsuldorligi talab qilinmayapti”, — dedi BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer.

Shuningdek, u BMT hukumat va nogironlar jamiyatlari bilan birgalikda nogironligi bo‘lgan insonlar to‘g‘risidagi qonun loyihasi ustida ishlayotganini ham aytib o‘tdi.

“Faollashtirish 2.0” forumi boshlanishidan oldin “Ilhom” teatrida “Biz: Inklyuziv” deb nomlangan ko‘rgazma ochildi. Ushbu ko‘rgazma qaror qabul qluvchi mas’ul shaxslar va xalqaro tashkilotlar uchun nogironligi bo‘lgan insonlar hayotiga nazar solish imkonini beradi.

“Nogironligi bo‘lgan bolalalarni muassasalarga joylashtirish, ularni oilalaridan ajralgan holda yashashlari ehtimoli nogironligi bo‘lmagan bolalarga nisbatan 74 barobar ko‘pdir” – dedi UNICЕF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Afshin Parsi. U nogironligi bo‘lgan insonlar, jumladan bolalar ahvolini yaxshilash uchun nimalar zarur ekanligini belgilashda chuqur tahlil zarur ekanligini ham ta’kidladi.

3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kuni har yili ularning barcha sohalardagi huquqlari va farovonligini ilgari surish maqsadida nishonlanadi. Ushbu kunning 2018-yildagi shiori - “Nogironligi bo‘lgan insonlarning imkoniyatlarini kegaytirish hamda inklyuzivlik va tenglikni ta’minlash”. Bu kun nogironligi bo‘lgan insonlarni inklyuziv, teng huquqli va barqaror rivojlanishdagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan.

Shu kungacha 177 ta mamlakat nogironligi bo‘lgan insonlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilgan. O‘zbekiston ushbu konvensiyani imzolagan bo‘lib, uni ratifikatsiya qilish nogironligi bo‘lgan insonlar huquqlari masalalari har tomonlama hal etilishini ta’minlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2018, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют