» » Samarqanddagi “Saxovat” uyida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi (foto)

Samarqanddagi “Saxovat” uyida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi (foto)


3-dekabr — nogironligi bo‘lgan shaxslar xalqaro kuni munosabati bilan viloyat hokimligi tomonidan belgilangan chora-tadbirlarga muvofiq, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan Samarqand shahridagi “Saxovat” keksalar va nogironlar uchun internat uyida istiqomat qilayotgan yakka-yolg‘izlar va nogironlar uchun bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatda keksalarga qaratilayotgan e’tibor, ularga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar haqida so‘z yuritib, bayram ishtirokchilarini bayram bilan tabrikladi. Tadbir davomida “Saxovat” uyida yashayotgan keksalarga bayram sovg‘alari ulashildi.

– Bugungi kunda mazkur internat uyida 131 nafar davlat tomonidan muhofazaga olingan keksalar istiqomat qilib kelmoqda. Ularning 78 nafari yotoq rejimidagi bemorlar hisoblanadi. Saxovat uyida keksalar yilda ikki marotaba chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Tibbiy ko‘rik natijalariga qarab bemorlar statsionar va ambulator tarzda davolanmoqda, – deydi “Saxovat” uyi shifokori Ikrom G‘ulomov.

Nogironlar xalqaro kuni munosabati bilan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan qator tadbirlar o‘tkazilib, ijtimoiy muhofaza muassasalarida chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlar bilan birga viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi, “Mahalla” jamoat fondi va “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limlari hamda homiylar ko‘magida bayram dasturxonlari, konsert dasturlari tashkil etildi.

– 17 yildan buyon shu yerda yashab kelaman. Har bayramda bizni to‘kin dasturxon atrofida yig‘ib turli xil sovg‘a-salomlar ulashishadi deydi, – Hilola Razzoqova. – Muassasa xodimlari bizlar uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan. Mening bir qo‘lim ishlamasa-da, bir qo‘l bilan kashta tikaman. Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun barcha tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2018, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют